15 yoshli bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da boks bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bahslari nihoyasiga yetdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra, yurtimiz bokschilari 27 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz 13 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medalni jamg‘arib, qit’a maydonidagi yetakchilik salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.
[gallery-29411]
Bellashuvlar davomida yosh sportchilar yuqori tayyorgarlik, iroda va professional mahoratni ko‘rsatib, har bir vazn toifasida keskin raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilgan tizimli tayyorgarlik esa o‘z samarasini berdi.
Qayd etish joiz, musobaqa ishtirokchilari orasida kelajakda katta sport yutuqlarini qo‘lga kiritishi kutilayotgan iste’dodli bokschilar ham bor.
Ertaga 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakuniga yetib, g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA