15 milliondan ortiq mablag‘ iste’molchilarga undirib berildi
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro Umidjon Usmonov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoni orqali murojaat qiladi.
Murojaatda iste’molchilar Sirojiddin Egamberdiyev, Jo‘rabek Aminjonov, Jasurbek Rahimov, Akmaljon Jo‘rayev, Qudratjon Omonov, Umidjon Usmonovlar karantin e’lon qilinishidan biroz avval tuman markazida joylashgan aviakassadan Rossiya Federatsiyasiga uchib ketish uchun ularning har biri 1730000 (bir million yetti yuz o‘ttiz ming) so‘mdan, Umidjon Usmonov esa 2180000 (ikki million bir yuzi sakson ming) so‘mga aviachipta sotib olishganligi, biroq, karantin sabab aviaqatnovlar bekor qilinganligi, aviachipta pullarini esa hamon ololmayotganini aytib o‘tgan.
Mazkur murojaat Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganilib, iste’molchilarga jami 10830000 (o‘n million sakkiz yuzi o‘ttiz ming) so‘m pullari qaytarildi.
Yana bir murojaat, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro Umarbek Saidov tomonidan kelgan murojaatda iste’molchi, o‘z uyiga konditsioner o‘rnatgani, ko‘p o‘tmay, esa ushbu maishiy texnikaning nosozligi ma’lum bo‘ldi. Uy egasi «Servis xizmati»ga murojaat qildi. Mazkur xizmat xodimlari kelishdi. Biroq, kutilmaganda mutaxassis ehtiyotsizlik qilib, xonadonning elektr tizimini butunlay ishdan chiqarib qo‘yganini aytgan.
Mazkur holat Xorazm viloyati hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, iste’molchining maishiy texnikasiga sifatli servis xizmat ko‘rsatildi va uyining elektr ta’minoti ham qayta tiklanishi natijasida 5 mln. so‘mlik zarar qoplab berishga erishildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati