106 yoshli raqqosa: “Men keksa emasman”
Avstraliyalik raqqosa ayol Sidneydagi qariyalar muassasasidan hikoya qiladi.
Xorijda o‘n yil yashagan Kramer xonim 99 yoshida o‘z uyi Sidneyga qaytib kelgan.
Bugun u 106 yoshda. U shahriga qaytgandan buyon umri mobaynidagi eng katta orzusi – keksalikdagi raqslarining tasvirini namoyish etish uchun fotograflar bilan hamkorlik qilgan va Avstraliyaning eng nufuzli fotosuratlar tanlovida ishtirok etgan.
Kramer xonim hanuz xirom aylamoqda. “Sidneyga qaytib kelganimdan beri juda band bo‘ldim, ya’ni Milliy dramatik san’at instituti va mustaqil teatrlarda uchta katta raqs asarlarini ijro etdim.
Men Adelaida va Brisbendagi ikkita katta raqs festivallarida qatnashganman. Turli filmlarda, ko‘plab kichik spektakllarda ishtirok etganman, uchta kitob ham yozganman”, deydi u.
Keksalikdagi bunday nafis raqsga tushishning siri nimada, degan savolga ko‘p duch kelishini ma’lum qilgan raqqosa xonim shunday javob berdi: "Men keksa emasman, “keksa” va “yosh” so‘zlarini so‘z boyligimdan chiqarib tashlayman. Siz aytayotgan “nafis raqs” esa mening hayotga bo‘lgan munosabatim”, deya qo‘shimcha qildi u.