100 yoshdan oshgan onaxonlar yo‘qlandi
Bugun yurtimizdagi har bir xonadonda bayramona kayfiyat hukmron. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bir guruh mas’ullar hamrohligida tumandagi 100 yoshdan oshgan onaxonlarning xonadonida bo‘ldi.
Tuman hokimi onaxonlarni bayram bilan tabrikladi, ularga gullar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bir piyola choy ustida dildan suhbat qurildi. Xususan, tuman hokimi tumanning Kildon mahallasida istiqomat qiluvchi 1920-yilda tug‘ilgan Eshimova Salima ona, Beshkuvi mahallasidagi 1913 yilda tug‘ilgan Rayimova Ruxsat ona, Gulobod mahallasida istiqomat qiluvchi 1921 yilda tug‘ilgan Xolmatova Toshbuvi ona xonadonida bo‘lishdi.




Tuman hokimi shuningdek, “Jasorat” medali nishondori Ma’rufjon Radjabovning volidasini, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Mehriniso Umurzoqovaning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi.

G‘.Hasanov, O‘zA