1 noyabr - Isroilda parlament saylovi kuni
Isroil Knesseti bugungi yig‘ilishida 1 noyabr kuni mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovi o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar beradi “TASS” agentligi.
Shuningdek, deputatlar parlamentning o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ham ma’qulladilar. Ushbu hujjatni 120 deputatdan 92 nafari tasdiqladi.
Shunday qilib, 24-Knesset tarqatib yuboriladi. Koalitsiya kelishuviga ko‘ra, bosh vazir lavozimi parlamentga navbatdagi saylov o‘tkazilgunga qadar Naftali Bennetdan tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga o‘tadi.