1 ming 500 ta oilaga koʻmaklashildi
Pandemiya sharoitida qiyin sharoitda yashayotgan hech bir yurtdoshimiz eʼtibordan chetda qolmaydi, – deydi tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida moliyaviy yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, xususan. boquvchisini yoʻqotgan, yolgʻiz qariyalar, nogironlar, vaqtincha ishsiz, daromadga ega boʻlmagan fuqarolar oilalarini oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va boshqa zarur buyumlar bilan taʼminlashga qaratilgan ishlar koʻlami tobora kengayib bormoqda.
Jumladan, Asaka tumani “Saxovat va koʻmak” markazi tomonidan tumandagi 1 ming 500 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
– Pandemiya sharoitida qiyin sharoitda yashayotgan hech bir yurtdoshimiz eʼtibordan chetda qolmaydi, – deydi tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev. – Sektor rahbarlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi vakillari, mahallalar faollari tomonidan ana shunday oilalar nazoratga olinib, ularga zarur koʻmak koʻrsatilmoqda.
Bundan tashqari, Qurbon hayiti munosabati bilan tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan tuman obodonlashtirish, “Toza hudud” va elektr tarmoqlari korxonalarida faoliyat koʻrsatayotgan 200 nafar ishchi-xodimga ham moddiy yordam koʻrsatildi.