O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan eshituv bo‘lib o‘tdi.

Parlament quyi palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi mutasaddilarining mavzuga oid axborotlari tinglandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Mamatov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.Doniyorov, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori o‘rinbosari Z.Xudoyberdiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlod kelajagi yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. 

Ta’lim sohasidagi islohotlar jarayonida yangilangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida darslik, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ta’lim maskanlari o‘quvchilarini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlashga erishildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili 1-sinf o‘quvchilariga darslik va o‘quv qurollari sovg‘a sifatida berilayotgani, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, alohida ehtiyojli oilalar farzandlari darsliklar bilan bepul ta’minlanayotgani sohadagi islohotlarning kuchli ijtimoiy yo‘naltirilganidan dalolatdir.

2011-2014-yillarda umumta’lim maktablari uchun 1414 nomdagi qariyb 85 million nusxa darslik va o‘quv adabiyoti chop etildi. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida maktabgacha ta’lim maskanlari tarbiyalanuvchilari uchun nutq o‘stirish, o‘qish va savodxonlikni ta’minlash, matematik tasavvurlarni shakllantirish, hikoyalar va she’riy to‘plamlar, salomatlikka oid ilk bilim va ko‘nikmalar yuzasidan besh nomdagi qo‘llanmalar tayyorlandi.

Zamon talabiga hamohang bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda ularning o‘quvchi yoshi, psixologik holati, dunyoqarashiga mosligi, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, nashrning dizayni, poligrafik sifati yuqoriligiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.

Yig‘ilishda darsliklar va o‘quv adabiyotlarining sifati va mazmunini yanada yaxshilash yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli darslik – puxta bilim manbai