Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari (+video)
Zahiriddin Muhammad Bobur ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisidir.
She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin.
Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida ardoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mukammaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchilari ijrosida bahramand bo‘lishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Lb6lHRVZUE4" title="Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA