Yurtimizda qancha aholi buster doza bilan emlangan?
Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 aprelidan 1 avgustigacha bo‘lgan muddatda yurtimiz aholisining 5,2 million nafari koronavirusga qarshi birinchi doza vaksina bilan, shulardan 733,8 ming nafari bugungacha buster doza bilan emlangan. Qolgan qismi esa buster doza bilan emlanuvchi kontingiyentga kiradi.
Mutaxassislarning fikricha, buster doza vaksina bilan emlanish «alfa», «delta» shtammlaridan tashqari, «omikron»dan ham himoya qila oladi. Mabodo, kasallik yuqib qolgudek bo‘lsa ham, u jiddiy asoratlarsiz, yengil o‘tib ketadi.
SSV Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yanvar oyida jami 8 ming 601 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lsa, ularning 8 ming 243 nafari koronavirusga qarshi vaksina olmagan. Bor-yo‘g‘i 358 nafari COVID-19 ga qarshi emlangan. Vaksina olmaganlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, hatto, o‘lim holatlari kuzatilmoqda. Nazarimizda, mazkur raqamlarning o‘ziyoq vaksina olish hamda buster doza bilan emlanishga qaror qilishga asos bo‘la oladi.
Mohigul Qosimova, O‘zA