Yoshlar takliflari o‘rganildi
Shu kunlarda poytaxtimiz bo‘ylab Toshkent shahar hokimligi hamkorligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan dildan suhbatlashib taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelmoqda.
Yangihayot tumanida joylashgan 329-umumta’lim maktabida ham “Rahbar va yoshlar uchrashuvi“ doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari hamda tuman hokimi ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida mas’ullar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga kerakli maslahatlarni berdi. Yoshlarning taklif-mulohazalari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi takliflari qabul qilindi.

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi “SAMO” inson taraqqiyoti xalqaro markazida ham yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mirzayev va Uchtepa tumani yoshlari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida 2025 yilda Uchtepa tumanida yoshlar uchun amalga oshiriladigan tadbirlar rejalari tuzildi. Shu bilan birga yoshlarga motivatsion taklif va maslahatlar berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA