Yoshlar murabbiylari doimiy eʼtiborda
Yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish davlatimiz rahbarining Prezidentlik vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan ilk kunlaridayoq diqqat-eʼtiborida boʻlgan.
Soʻnggi yillarda yosh avlodni tarbiyalashda, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishda hamda murabbiylarning jamiyatdagi obroʻsini mustahkamlashga doir qator ishlar amalga oshirildi: koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati tubdan isloh qilindi, yangi tashkilotlar tuzildi va lavozimlar joriy qilindi.
Ushbu ishlarning uzviy va mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 9-iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
Yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish davlatimiz rahbarining Prezidentlik vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan ilk kunlaridayoq diqqat-eʼtiborida boʻlgan. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016-yil sentyabrda Oliy Majlis oldiga yoshlarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi yaratish vazifasini qoʻyildi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, 2016-yilning 14-sentyabrida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qabul qilindi. Mazkur normativ hujjat yoshlarga oid davlat siyosatining strategik istiqbollarini belgilab berdi.
Bundan tashqari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi” tuzilib, ushbu yoshlar ijtimoiy harakat respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlovchi tuzilmaga aylantirish vazifasi qoʻyildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan BMT, SHHT, IHT va boshqa xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda yoshlarning manfaatlarini ifodalovchi bir qancha tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalashda turli yoshdagi koʻplab kasb egalari fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqda. Murabbiylar safida yosh avlod vakillari, harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ham borligi barchani yagona maqsad uchun birlashganining namunasidir.
Mazkur yangi davlat mukofoti bilan mamlakatimizda yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda, salbiy illatlarga moyil boʻlgan yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirishda, ularni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashda, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari taqdirlanadi.
Shuningdek, oʻzining chuqur bilimi va boy hayotiy tajribasi bilan yordamga muhtoj hamda ogʻir ahvolga tushib qolgan yoshlar va oilalarni kasb-hunarlarga oʻrgatish hamda ish bilan taʼminlashda, mahallalarda yoshlar uchun begʻaraz ilm maskanlarini va sport inshootlarini barpo etishda barchaga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgan mamlakatimiz fuqarolari ham ushbu ordenga munosib koʻriladi.
Bunday fidokor murabbiylarga davlat tomonidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishlar berilishi, murabbiylarimizning doimo davlat eʼtiborida ekanligidan dalolatdir.

Anvar XOʻJAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi