Yoshlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati bilan tanishdi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshkent shahar filiali hamkorligida talaba-yoshlar uchun ochiq muloqot va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda 870 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga “El-yurt umidi” stipendiyasining yo‘nalishlari, ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjat topshirish bosqichlari hamda saralash mezonlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshkent shahar filiali tomonidan davlat xizmatiga kirish, bu boradagi imkoniyatlar va talablar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Tadbirda qayd etilganidek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 2018-2025-yillarda 2300 nafarga yaqin stipendiat dunyoning 45 ta mamlakatiga ta’lim olish uchun yuborilgan.

Hozirda 740 nafardan ortiq stipendiat dunyoning top-300 taligiga kiruvchi universitetlarda tahsil olmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA