Yosh qizcha videomurojaatining ortida nima bor edi? (+video)
Ijtimoiy tarmoqlar orqali yosh qizcha yig‘lagan holda videomurojaat yo‘llagan.
Unda Ichki ishlar xodimlari barcha qarindoshlarini qamab qo‘yganligi sababli bir o‘zi uyda yolg‘iz qolayotgani va bir necha kundan beri och ekanligi bayon etilgan.
Bu videomurojaat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini larzaga keltirdi. Va ko‘plab izohlar bildirildi.
ASLIDA NIMA BO‘LGAN EDI?
Insonlarda g‘azab uyg‘otgan videomurojaatda keltirilgan vajlar bo‘yicha tegishli organlar darhol o‘z munosabatini bildirishdi.
IIV Matbuot xizmati mazkur murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:
“Bu oilaning jinoiy harakatlari haqida ma’lumot tarqatish niyatimiz yo‘q edi. Lekin o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish ilinjida jajji qizaloqdan foydalangan odamlarning harakatlariga jamoatchilikni o‘zi xulosa beradi degan umiddamiz.
Joriy yilning 15 iyul kuni Andijon viloyati Asaka tumanida qizaloqning uch nafar qarindoshi Asaka tumani hokimiyatiga kelib, boshqa bir qarindoshi uchun oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirishga tavsiyanoma talab qilib, janjal ko‘tarishgan. Asaka tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini jamoat joyida hech bir sababsiz uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, sochlari va kiyimlaridan tortib, urib-do‘pposlashgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ip3eqkK53-I" title="Yosh qizcha videomurojaatining ortida nima bor edi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Bundan tashqari, “jabrdiyda” qizaloqning buvisi 20 - iyun kuni qizi, o‘g‘li va jiyani bilan Asaka tumanlararo iqtisodiy sudida ham janjal uyushtirishgan. Ya’ni “Asaka Bread Svit” MCHJga 500 mln. so‘m kredit ajratish bo‘yicha qilgan murojaati rad etilganligi sababli sud zalida “Asakabank” Bobur filiali rahbarini haqoratlab, urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.
Ularning bezorilik harakatlarini to‘xtatmoqchi bo‘lgan Milliy Gvardiya xodimlariga ham qarshilik ko‘rsatishgan. Shu bois jinoyat sodir etgan ushbu oila a’zolari ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Shuningdek, IIVning ochiqlagan ma’lumotida mazkur oila a’zolari bir necha bor sudlanganligi aytiladi. Ushbu oila, 2017 yildan buyon banklardan bir necha marotaba kredit mablag‘larini olishga erishgan. Ular 738 mln. 210 ming so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini to‘lamaslik uchun bank xodimlari bilan janjallashib, ularning ustidan turli idora va tashkilotlarga tinimsiz murojaatlar yo‘llagan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qilgan qizcha ayni vaqtda yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan”, deyiladi IIV Matbuot xizmatining bildirgan munosabatida.
Sh.Otaboyev, N.Abduvoitov (video), O‘zA