Yosh “Paxtakor”chilar g‘olib
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha an’anaviy “Paxtakor – 79” xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha an’anaviy “Paxtakor – 79” xotira turniri bo‘lib o‘tdi.Musobaqa finalida “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi va g‘olib jamoa penaltilar bo‘yicha aniqlandi. 4:3 hisobida g‘alaba qozongan “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchilari bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Turnirda uchinchi o‘rin “Neftchi” jamoasining yosh futbolchilariga nasib etdi.
Musobaqada qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.