“Yongʻin xavfsizligi talablari”!
Shahrimizda barpo etilayotgan xususiy uy-joylar qurilishi kundan-kunga rivojlanib, xalqimizning kelajagiga naqadar ishonchini bildirib turibdi.
Shahrimizda barpo etilayotgan xususiy uy-joylar qurilishi kundan-kunga rivojlanib, xalqimizning kelajagiga naqadar ishonchini bildirib turibdi.
Fuqarolarimiz barpo etayotgan imoratlar ixcham, qulay va koʻrkam boʻlishi bilan bir qatorda arzon, kamchiqim boʻlishi davr talabidir. Hozirda barpo etilayotgan imoratlar bundan 10-15 yil oldin qurilgan binolarga aslo oʻxshamaydi. Hozirda fuqarolarimiz ilgʻor qurilish tajribalari, fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda, xorijdan keltirilgan yoki qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli qurilish materiallaridan ham bahramand boʻlmoqdalar. Shu qatorda poytaxtimizning Yunusobod tumanida xam yangi qurilayotgan va qayta taʼmirlanayotgan qurilish binolarida xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi taʼminlash maqsadida tuman inspektorlari tomonidan targʻibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. Albatta bejizga aytishmagan: “yongʻinni oʻchirishdan koʻra uning oldini olgan yaxshi”, deb, shu maqsadida qurilish binolarida ish olib borayotgan barcha ishchi xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi mavzusida yoʻriqnomalar oʻtkazilmoqda.
Olov tilsiz yovdir, bu imoratlarni yongʻin ofatidan asrab qolish xam dolzarb masalalar jumlasiga kiradi.
Sodir boʻlayotgan yongʻinlarning asosiy sabablaridan:
- elektr uskunalarining nosozligi, yaʼni elektr hisoblagichlarda qoʻlbola saqlagichlarni (predoxranitel) qoʻllanilishi, vaqtinchalik simlarni bir-biriga bogʻlab ulanishi;
- bolalarning olov bilan oʻynashishi;
- elektr va gaz payvandlash vaqtida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik;
- nostandart elektr isitish moslamalaridan foydalanmaslik;
- spirtli ichimlik ichgan xolda chekish vaqtidagi ehtiyotsizlik va hokazo.
Sodir boʻlayotgan yongʻinlarning katta maydonga tarqalib ketishiga xususiy uylarni qurilishida yongʻinga qarshi oraliq masofalarni saqlamaslik, tomlardagi yogʻoch panjaralarni yongʻinga qarshi maxsus suyuqlik bilan ishlov bermasligi, uylar orasidagi yongʻinga qarshi devorlar qurilmasligi sabab boʻlmoqda.
Xonadonlarda yongʻinlarni oldini olish maqsadida yangi qurilayotgan yoki taʼmirlanayotgan uy-joy hovlilarida yozgi oshxona va tandirxona, molxona va yem-xashakxonalarning xamda xar juft xonalar orasida 6 metrdan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi oraliqlarni saqlash, ikki qushni xonadon oraligʻida tomni kesib oʻtuvchi 60 santimetr balandlikdagi va qalinligi 12 santimetrdan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratish, uy tomining yogʻoch panjaralarining oʻtga bardoshligini oshiruvchi suyuqliklar bilan ishlov berish, xonalarda isitish pechkalarini toʻgʻri qoidaga muvofiq oʻrnatish, yertoʻla yoki sokol qavatlarda garaj, oshxona, hammom va isitish tizimi qozonxonasini joylashtirishda, tabiiy gaz quvurlarini oʻtkazishda yongʻinga qarshi toʻsiqlar, qavatlar aro yopmalar, oʻtga bardoshli moʻrilar oʻtkazish, elektr taʼminotini traverslar orqali oʻtkazish, binoning yogʻoch konstruksiyalaridan elektr simlarini himoya qobiqlaridan olib oʻtish hamda qurilish ishlarini olib borish va binodan foydalanish davrida oddiy yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish kabi tadbirlar orqali imoratlarimizni yongʻindan saqlagan boʻlamiz.
Muxtabarxon Odilxoʻjayeva ,
Yunusobod tumani FVB YONvaPB inspektori, leytenant