Yevropada gaz rekord darajada qimmatlashmoqda
Yevropa gaz bozorida fyuchers narxlar tarixda birinchi bor bir kubametriga ming dollardan ko‘p narx qo‘yildi, deyiladi ICE Futures keltirgan ma’lumotda.
Masalan, Gollandiyaning eng ko‘p gaz satiladigan TTF fyuchers xabi indeksi bo‘yicha bir kub gaz narxi ertalab 992 dollarni ko‘rsatgan edi, lekin soat 10 larga borib narx eng yuqori darajaga chiqib ketdi va qariyb 1 ming 30 dollargacha bordi.
Bundan oldingi rekord 15 sentyabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda bir kub gaz narxi 963,9 dollarga chiqqandi.
Xullas, Yevropada gaz narxi so‘nggi haftada bir yarim barobarga qimmatlashib ketdi.
Tahlilchilarning fikricha, bu Yevropa omborlarining to‘lmagani bois gaz taqchilligi kelib chiqishidan xavfsirash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, gazga bo‘lgan talabning oshishiga iqtisodiyotning tiklanishi va ob-havo sharoiti, shuningdek, Osiyo bilan raqobat va Yevropaga eng ko‘p gaz yetkazib beruvchi "Gazprom" kompaniyasining eksport ko‘rsatkichi kamaygani sabab bo‘lishi ham mumkin.