Yevropa Ittifoqi Isroilning Livanga uyushtirgan zarbalaridan xavotirda (+video)
Yevropa Ittifoqi Isroilning Livanga bergan havo zarbalarini qat’iy qoralab, bunday harbiy keskinlashuv AQSH va Eron o‘rtasida tuzilgan tinchlik kelishuvini yo‘qqa chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar berdi Euronews.
Pokiston vositachiligida tayyorlangan kelishuv Livanga ham tadbiq etilishi kerak edi. Biroq Isroil buni rad etib, keng ko‘lamli zarbalarni amalga oshirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra 250 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Bu galgi qirg‘in Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi ko‘p yillik mojarolardagi bir kunda yuz bergan eng katta yo‘qotish hisoblanadi.
YeI tashqi ishlar vakili Kaya Kallas Isroilning harakatlarini tanqid qilib, mamlakatni o‘z-o‘zini himoya qilish doirasidan chiqib ketganlikda aybladi.
Livan hukumati hujumlardan so‘ng milliy motam e’lon qildi. Isroil bir necha daqiqada Livanga qarshi yuzdan ortiq aviahujum amalga oshirilgani xabar qilindi. Hujumlar janubiy Livan va poytaxt Beyrut atroflariga katta zarar yetkazdi.
Isroil armiyasi esa zarbalar “Hizbulloh” tomonidan foydalanilayotgan harbiy ob’ektlarga qaratilganini bildirdi.
Livan rahbarlari bu harakatlarni xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi sifatida baholadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Isroil hujumlarini qattiq qoraladi va ular yaqinda tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini xavf ostiga qo‘yayotganini aytdi.
Italiya tashqi ishlar vaziri esa vaziyatni “ikkinchi G‘azo” deb atadi va Isroil elchisini chaqirtirdi. Belgiya va Germaniya rasmiylari ham zarbalarni keskin tanqid qildi. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroil hukumatining harakatlarini xalqaro huquqqa zid deb atadi va YeIni Isroil bilan hamkorlik kelishuvini to‘xtatishga chaqirdi.
Shu bilan birga, AQSH ma’muriyati kelishuv shartlari bo‘yicha turli talqinlar mavjudligini va muzokaralar hali davom etayotganini bildirdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mPDdJlgT304" title="Yevropa Ittifoqi Isroilning Livanga uyushtirgan zarbalaridan xavotirda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA