Yerga geomagnit bo‘roni yaqinlashmoqda
Sayyoramiz tomon navbatdagi kuchli geomagnit to‘lqini harakatlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Hodisadan AQSH Okean va atmosfera tadqiqoti milliy boshqarmasi (NOAA) ogohlantirgan.
Quyosh sirtida yuz bergan oxirgi chaqnashdan keyin plazma hosil bo‘lishi tufayli Yerda kuchli geomagnit bo‘roni boshlanishi mumkin.
NOAA 8 oktyabr kuni ham Quyosh chaqnab, plazma otilishi natijasida ko‘tarilgan geomagnit bo‘roni GPS navigatsiyasiga xalaqit berishi, sun’iy yo‘ldoshlarni yo‘ldan uloqtirib tashlashi, elektr tarmoqlari va radio qabul qilish faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi ehtimoli mavjudligidan ogoh etdi.
Elektr tarmoqlari va orbitadagi fazoviy kemalar uchun ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya qilinib, bo‘ron ta’siri xususida Federal favqulodda vaziyatlar agentligiga ham xabar yuborildi.
Hisobotda qayd etilishicha, geomagnit bo‘roni may oyidagidan kuchli bo‘lmaydi, shimoliy chiroqlar AQSHning ayrim hududlarida ko‘rinadi.
Ayni payt NOAA huzuridagi Fazodagi ob-havoni bashorat qilish markazi “Xelen” to‘foni ta’sir qilgan hududlardagi elektr uzatish tizimlariga geomagnit bo‘ronining ehtimoliy ta’siridan xavotir mavjudligini ma’lum qilmoqda.