Yer bilan tillashgan Orifjon ota
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida tomorqadan unumli foydalanib, mo‘may daromad topayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tomorqachilikda yaxshi tajriba to‘plagan omilkorlar oilasi farovonligini ta’minlash bilan birga, bozorlarimiz to‘kinligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Namangan tumani 1-sektor hududiga qarashli Beshkapa mahallasida yashovchi Orifjon ota Boyqo‘ziyev tomorqasining 4 sotix yerida imtiyozli kredit hisobidan zamonaviy issiqxona tashkil etgan.
[gallery-13235]
Issiqxonada ayni paytda “Ferrari” navli bulg‘or qalampiri parvarishlanmoqda. Shuningdek, tomorqaga ikkinchi ekin – loviya ekilgan.
– Qishloq xo‘jaligida hikmat ko‘p, - deydi Orifjon ota. – Yerga berilgan mehr hech qachon zoye ketmaydi. Mahsulotlarimiz bozorga chiqib, xalq dasturxoniga yetsa nafaqat daromadidan, balki, duolardan ham quvonamiz.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA