YeOII: Kirishdan chiqish qiyinmi?
Armanistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi to‘xtatilsa, Rossiyadan ushbu davlatga pul o‘tkazmasi miqdori ikki barobardan ko‘proq kamayib, 1,8 milliard dollarga tushadi. 2025-yil ushbu ko‘rsatkich 3,88 milliard dollar edi. Bu haqda Rossiya hukumati veb-saytida chop etilgan RF, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma hisobotida aytilgan.
Mualliflar fikricha, Armanistonning YeOII bilan savdo aylanmasi 55,6 foiz kamayishi, Rossiya gazi importi 69 foiz oshishi mumkin. Hisobotda bu raqamlar taxminiy ekani, bozor sharoiti inobatga olinsa, haqiqiy narx yuqoriroq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
Shuningdek, Armanistonning ittifoqqa a’zo davlatlar bilan savdo aylanmasi ikki barobardan ko‘proq kamayishi ehtimoli ham keltirilgan. Binobarin, hozir mamlakat savdosi 37,8 foizi, jumladan eksportning 38, importning 37,7 foizi aynan YeOII hissasiga to‘g‘ri keladi.
– Agar Armaniston Ittifoq tarkibidan chiqsa, a’zo davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasi 2025-yildagi 7,990 milliard dollardan 3,550 milliard dollargacha tushishi mumkin, – deyilgan hisobotda.
Bayonotda YeOII mamlakatlari Armanistonga nisbatan Birlashish shartnomasini to‘xtatib qo‘yishni ko‘rib chiqish huquqiga ega ekanligi ham eslatib o‘tilgan.
S.Rahimov, O‘zA