YEIda yangi aʼzolik maqomi paydo böladimi?
Kanada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqib, taşkilotning ilk “assotsiatsiyalaşgan aʼzosi” maqomini qölga kiritiş rejasini tuzdi. Boş vazir Mark Karni Monrealda bölib ötgan ikki tomonlama sammit yakuni böyiça muzokarani 2027-yil iyuniga qadar tugallaş maqsad qilinganini aytdi. YEI şartnomasida nazarda tutilmagan bunday maqomning huquqiy asosi, vakolat va amaliyot doirasi kelişib olinişi kerak.
Taklif tomonlar örtasida siyosat, dasturlar hamda boşqaruv sohalaridagi aloqa çuqurlaşişini nazarda tutadi. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen taşabbusning birlamçi afzalligi sifatida Kanada “Horizon” ilmiy tadqiqot va “Erasmus” taʼlim dasturlariga töliq qöşilişi, şuningdek Ukraina uçun ajratilgan 90 milliard yevrolik moliyaviy yordam mexanizmida iştirok etişi imkoniyatini tilga oldi. Anjumanda raqamli savdo, energetika, muhim xom aşyo, super kompyuter, sunʼiy intellekt va sunʼiy yöldoş texnologiyasi böyiça hamkorlik kengaytirilişi böyiça ham kelişib olindi.
Taşabbus YEI doirasida birdek qöllab-quvvatlanayotgani yöq. Masalan, Germaniya atamaga eʼtiroz bildirib, qöşma bayonotda “yanada yaqin assotsiatsiya” ifodasi qöllanişiga erişdi. Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta ham aynan şu iboradan foydalandi. Loyihaning töliq mazmun-mohiyati bahorda ötkaziladigan Yevropa komissiyasi va Kanada hukumati vakillari uçraşuvida belgilanadi. Karni esa iyun oyida YEI rahbarlari sammitida muzokara yakunlanişidan umidvor. Alohida maqomni Yevropa davlatlari qay tartibda tasdiqlaşi masalasi hozirça oçiq.
Musulmon Ziyo, ÖzA