Yangi Namanganda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlari olib borilmoqda.
Mahallaning markaziy ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda ijtimoiy ob’ektlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. Bu jarayonlarda turli soha vakillari hamjihatlikda mehnat qilayotir.
Amalga oshirilayotgan ishlar mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan.
[gallery-30140]
Bunyodkorlik ishlari natijasida mahallada obod va qulay yashash muhitini yaratish, shuningdek, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan sharoitlarni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA