Xorij xabarlari (+video)
Osiyoda chip ishlab chiqaruvchilar aksiyasi narxi keskin tushib ketdi. Turkiya Ukraina bo‘yicha muzokarani iloji boricha tezroq tashkil etishga tayyor. Tramp Netanyaxu va Zelenskiyni qabul qiladi....Bugungi "Xorij xabarlari" dasturida xalqaro maydondagi eng muhim voqealar bilan tanishasiz.
Osiyo fond bozorida yarim o‘tkazgich ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyasi keskin arzonlashdi. Investorlar sun’iy intellekt sohasidagi sarmoya istiqboli va Xitoyda raqobat kuchayishi tufayli xavotir ortishi ortidan aksiyalarini faol ravishda sotishga o‘tdi.
Turkiya Istanbulda Ukraina bo‘yicha yangi muzokara bosqichini imkon qadar tezroq tashkil etishga tayyor, dedi “RIA Novosti” agentligiga diplomatik manba.
AQSH Prezidenti Donald Tramp 29-iyul kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida muloqot o‘tkazadi.
Germaniya Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Rossiya energiya resurslaridan voz kechilgani sababli gaz uchun 2020-yildagiga nisbatan besh baravar ko‘p haq to‘lashga majbur bo‘lmoqda.
<iframe
width="650"
height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/hcUtdj5Tvkg"
title="YouTube video player"
frameborder="0"
allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share"
allowfullscreen>
</iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev,
Iskadar Ismatov .O‘zA