Xorazm dzyudochilari kubok sohibi
Poytaxtimizdagi Markaziy harbiy sport klubi majmuasida dzyudo bo‘yicha Mudofaa vaziri kubogi bahslari yakunlandi.
Murosasiz bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Xorazm viloyati terma jamoasi qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medali bilan ikkinchi, kuchli uchlikka esa 2 tadan oltin va bronza medaliga sazovor bo‘lgan buxorolik dzyudochilar sazovor bo‘ldi.
Mazkur musobaqada Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyati vakillari bittadan oltin medalga, Andijon va Navoiy viloyati hamda poytaxt vakillari bittadan bronza medaliga ega chiqishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA