Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda joriy aktivlarni shakllantirish va ularning moliyaviy tahlilga ta’sir mexanizmi
Sherzod Baxtiyorovich MAXMUDOV mustaqil tadqiqotchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: Tushina888@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat ko‘rsatish tizimida joriy aktivlar nafaqat aktivlarni shakllantirish jarayoni, balki rivojlanishning deyarli barcha strategik, taktik va tezkor vazifalarini hal qilishda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor qiymati va investitsion jozibadorligi o‘sishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlilga tortilgan.
Tayanch so‘zlar: joriy aktivlar, doimiy va o‘zgaruvchan joriy aktivlar, joriy aktivlar hajmi, joriy aktivlarning tasnifi, joriy aktivlarning aylanishi, joriy aktivlarning tahlili.