Xitoyda kumush qatlami topildi
Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasida geologlar yirik, 1,5 ming tonna deb taxmin qilinayotgan kumush qatlamini topdi.
Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasida geologlar yirik, 1,5 ming tonna deb taxmin qilinayotgan kumush qatlamini topdi.
Sinxua agentligi xabarida Lonin tumanidagi bu topilma keyingi yillarda kashf etilgan konlarning birinchisi emasligi taʼkidlanadi. Shu yilning oʻzida Xenanning boshqa bir hududi, Tunbay tumanidan 2,661 tonna miqyosidagi kumush zaxirasi topilgandi.