Xitoy jahon chempionati translyatsiya huquqini FIFA so‘ragan narxdan 5 barobar arzonga sotib oldi
Xitoy tomoni so‘nggi pallagacha savdolashib, turnir boshlanishiga bor-yo‘g‘i 27 kun qolganda shartnomani 60 million dollarga imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
Muzokaralar bo‘yicha haqiqiy master-klass: FIFA dastlab translyatsiya paketlari uchun 300 million dollar talab qilgan edi. Biroq Xitoy tomoni so‘nggi pallagacha savdolashib, turnir boshlanishiga bor-yo‘g‘i 27 kun qolganda shartnomani 60 million dollarga imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
China Media Group (CMG) mediaxoldingi avvalboshdan ushbu kelishuv uchun 60–80 million dollar atrofida byudjet ajratgan edi va yakunda FIFAni o‘zlarining minimal shartlariga ko‘ndira oldi.
Eksklyuziv huquqlar paketi: Tuzilgan eksklyuziv mediashartnomaga ko‘ra, Xitoy davlat mediakorporatsiyasi barcha turdagi ko‘rsatuvlar — bepul jamoatchilik televideniyesi (FTA), tijoriy (pullik) TV, raqamli striming (Internet) va mobil platformalarda translyatsiya qilish bo‘yicha mutlaq huquqni qo‘lga kiritdi.