Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi (+video)
Ichki ishlar tizimida xalqaro hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xavfsizlikni ta’minlash va kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, asosan axborot almashinuvi, tajriba almashish va qo‘shma tezkor tadbirlarni qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda insonparvarlik tamoyillarini amaliyotga samarali joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda tinglovchilar uchun xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish va ta’lim dasturlarini amalga oshirishning dolzarb masalalari hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari bilan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari ishtirokida “Huquqni muhofaza qilish organlarida xalqaro standartlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash, xalqaro gumanitar huquq normalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, xizmat faoliyatida xalqaro standartlarga rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilariga xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilib, o‘zaro fikrlar almashildi. Tadbir yakunida bu kabi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Bu hamkorlik jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lzYrSHlFdng?si=XLE12Wk71RHk16Mp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA