Vatanga sadoqat — yuksak sharaf!
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanidagi «Qalqon maxsus guruh» NTMda yosh kursantlar ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ularning Vatanga sadoqat, yurt oldidagi burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
G‘ova qishlog‘idagi 42-sonli maktab qoshida tashkil etilgan mazkur ta’lim muassasasidagi tadbirda kursantlarning intizomi, jismoniy tayyorgarligi, jamoaviyligi va irodasi namoyon bo‘ldi.
[gallery-31238]
Yig‘ilishda yosh avlodni bilimli, vatanparvar va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy tayyorgarligini oshirish muhimligi qayd etildi.
Muassasa direktori Saodatxon Egamovaning aytishicha, kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni jismonan chiniqtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur muassasada ta’lim olgan yoshlar orasidan 300 nafardan ziyod O‘zbekiston chempioni va 20 ga yaqin jahon chempioni yetishib chiqqan. Ular orasida muay-tay sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘oliblari ham bor.:
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA