Ustoz va murabbiylarga davlat mukofotlari topshirildi
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Joylarda “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Buxoroda ham ustoz va murabbiylarga mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi Botir Zaripov mukofotlarni qabul qilib olish uchun hozir bo‘lgan ustoz va murabbiylarni xalqimiz va davlatimiz rahbariyatining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda viloyat rahbari davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
[gallery-19517]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.