Universitetda ayol-qizlar forumi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Perfect” universitetida “Millat ziyosi: ayol-qizlar forumi” hamda “Qizlar akademiyasi”ning targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, ekspert va mentorlar ishtirokida o‘tgan tadbirda dastlab “Qizlar akademiyasi” loyihasi haqida ma’lumot berildi.
[gallery-28633]
Mentorlar bola parvarishi va ona maktabi, etiket va shaxsiy imidj, dekor va kreativ dizayn, modellik va shaxsiy rivojlanish motivatsiyasi haqida master-klasslar o‘tkazdi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohozalarini bildirdi, savollarga batafsil javob qaytarildi.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA