Turkmanistonda yana bir yirik forum boşlandi
Aşxobod şahrida bunyodkorlik va taraqqiyot yölini tanlagan suveren qardoş yurtni iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylantirişda muhim örin tutadigan tarmoqlar imkoniyatini yaqqol namoyiş etuvçi "Turkmanistonning quriliş, sanoat, kimyo va energetika sohalarini rivojlantiriş" mavzusidagi xalqaro körgazma va konferensiya iş boşladi.
TDH axborot agentligi xabar berişiça, mamlakatda keng nişonlanayotgan Quriliş va sanoat majmuasi xodimlari kuniga bağişlab ötkazilayotgan mazkur keng qamrovli tadbir Turkmanistonning quriliş, sanoat işlab çiqarişi, energetika, kimyo sanoati va yöl qurilişi sohalaridagi yutuqlarini taqdim etiş barobarida, iştirokçilarni dunyoga maşhur kompaniyalar taklif etayotgan ixtisoslaştirilgan uskunalar va ilğor texnologiya bilan yaqindan taniştiradi va özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun istiqbol oçadi.
Xalqaro körgazma va anjumanda 60 ga yaqin davlatning 800 dan ziyod delegati iştirok etyapti. Tadbir dunyoga barqaror rivojlanayotgan davlat sifatida tanilayotgan Turkmaniston bilan samarali muloqot örnatişga xorijiy hamkorlar jiddiy qiziqiş bildirayotganining yaqqol tasdiğidir.
Körgazmaning oçiliş marosimida Parlament va hukumat aʼzolari, vazirlik, tarmoq idoralari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar hamda jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Yiğilganlar Prezident Serdar Berdimuhamedovning xalqaro forum iştirokçilariga tabrigini alohida eʼtibor bilan tingladilar. Körgazmada Turkiya, Fransiya, Şveysariya, Rossiya, Xitoy, Eron, Özbekiston kabi mamlakatlardan köplab yetakçi kompaniyalar iştirok etyapti. Xorijiy işbilarmon doiralarning bunday nufuzli tarkibi eng ilğor jahon tajribasi va texnologiyasini jalb qilişga ahamiyat berayotgan Turkmanistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga qiziqiş ortayotganidan darak beradi.
Ikkinçi kun konferensiya "Energetika va kimyo sanoati yuqori sifatli mahsulotlari va xalqaro investitsiya jalb qiliş imkoniyati", "Yöl infratuzilmasini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiya, innovatsion quriliş materiallari va istiqbolli meʼmoriy yeçimlar", "Infratuzilma, sanoat va transport boğliqligini rivojlantirişga sarmoya va davlat-xususiy şeriklik", "Davlat va xususiy sektorning iqtisodiy hamkorligi" kabi mavzular böyiça şöʼba yiğilişlari şaklida davom etadi. Forumning uçinçi kunida maxsus yiğiliş doirasida "aqlli" şaharlarni rivojlantirişda raqamli quriliş va ilğor texnologiya, innovatsion yeçim va bölajak mutaxassislar kasbiy könikmasini takomillaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilinadi.
A.Mamatov, ÖzA