Tramp xaloskorini “ko‘kka ko‘tardi”
O‘tgan yil iyul oyida Donald Trampga suiqasd uyushtirilgan payt sahnaga yugurib chiqib, prezidentlikka da’vogarning hayotini saqlab qolishga shoshilgan Maxfiy xizmat vakili, ko‘p yillik agent endi rahbarlik lavozimini egallaydi, deb yozdi "Politico" nashri.
– Mening shaxsiy xavfsizligimga javobgar bo‘lgan Shon Kurren endi direktor lavozimida o‘tirgan Ronald Rou o‘rniga keladi, – dedi Prezident ijtimoiy tarmoq orqali. – U Pensilvaniya shtati Butler shahrida qotilning o‘qidan meni muhofaza qilish uchun o‘z hayotini xatarga qo‘ydi. Shon Amerika Qo‘shma Shtatlari maxfiy xizmatini har qachongidan-da kuchaytirishiga to‘liq ishonaman.
Shuningdek, konservativ faol L.Brent Bozell III Global media agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Bu butun mamlakat bo‘ylab efirga uzatiladigan yangiliklar tarqalishini nazorat qiluvchi mustaqil agentlikdir.