Tramp Tehronni ogohlantirdi: kelishuv bo‘lmasa, harbiy zarbalar kuchayadi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga yangi ogohlantirish yo‘lladi. Agar Tehron bilan kelishuvga erishilmasa, Vashington keskin choralarga o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.
-Biz kelishuvga erishish tarafdorimiz, ammo ular hozir biz xohlagan nuqtada emas. Agar murosa qilinmasa, ularga yanada qattiqroq zarbalar beriladi, -dedi Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida.
Xorijiy manbalarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi 19-may kuni Oq uyda milliy xavfsizlik guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazib, Eronga qarshi keyingi harbiy variantlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA