Termizda Vatan himoyachilari sharaflandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
Jumladan, Termiz shahridagi Xotira maydoni bugun har qachongidan gavjum bo‘ldi.
Bu yerga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
[gallery-10287]
Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gul qo‘yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdi.
Termiz shahridagi yoshlar markazida bayramning asosiy tadbiri o‘tkazildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori rahbari Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Bir guruh harbiy xizmatchilar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA