Termizda harbiy-vatanparvarlik marshi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab vatanparvarlik marshi sadosi ostida ofitser va askarlarning jangovar safda yurishi bo‘lib o‘tdi.
“Vatanparvarlar” xiyobonidan Etnoshaharcha hududigacha davom etgan marshda harbiylar, ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va boshqa kuch tuzilmalari xodimlari qatnashdi.
Ishtirokchilar harbiy orkestr sadolari ostida shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Shuningdek, viloyat teatrlari aktyorlari Amir Temur siymosi va uning qo‘shinlari ko‘rinishida yurishda qatnashdi.
Temuriylar davri libosidagi otliqlar va tarixiy siymolar gavdalantirilgani tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
[gallery-28577]
Yakunda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va kinologlarning xizmat itlari bilan bajargan mashqlari yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish etildi. Tantana davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar bayram shukuhini yanada oshirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA