Tarixiy milliy liboslar namoyishi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida qiziqarli ko‘rgazmalar, talabalar ijodiga oid ishlar namoyishlari, mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.
Markaziy ko‘rgazmalar zalida P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tarixiy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-28935]
Aytish kerakki, ushbu xalqaro festival yoshlar ijodiyotini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, yosh ijodkorlarni yangi-yangi marralar sari ruhlantirish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda o‘ziga xos ijodiy-ma’rifiy platforma vazifasini o‘tamoqda.
P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tarixiy milliy liboslar betakrorligi, tarixning turli davrlarini o‘zida aks ettirgani bilan diqqatga sazovor.
N.Usmonova,
F.Abdurasulov (surat),
O‘zA muxbiri