Tarbiyachining buzilgan mehnat huquqi tiklandi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi vazifasida ishlovchi fuqaro D.X.ning unga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoni bekor qilish haqidagi murojaati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xodimga hayfsan berish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirilmagani, shuningdek, uning buyruq bilan tanishishdan bosh tortganligi haqida tegishli dalolatnoma ham rasmiylashtirilmagani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkilotga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Natijada taqdimnoma asosida fuqaro D.X.ga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo bekor qilinib, uning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri