Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi (+video)
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan talabalar bandligini ta’minlash va ularning amaliyotga integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Uchrashuvda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov, universitet rektori To‘lqin Teshaboyev, agentlik jamoasi, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va E-auksion tizimidagi islohotlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbirda asosiy e’tibor talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitishga qaratildi. Mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Davlat organlari va yirik tashkilotlar rahbarlari bilan bevosita muloqot imkoniyatlari yaratildi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, bevosita ish beruvchilar bilan uchrashuvlar talabalarda sohadagi real jarayonlarni tushunishga xizmat qiladi. Bu ularning kasbiy motivatsiyasi va mas’uliyat hissini oshiradi. TDIU Agentlik tizimi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan tayanch maskan sifatida e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida eng iqtidorli talabalarni istiqbolli kadrlar zaxirasiga jalb qilish belgilandi. Amaliyotda kreativ yondashuvlarni qo‘llash masalasi muhokama qilindi. Davlat aktivlarini samarali boshqarishda yosh mutaxassislardan foydalanish yo‘nalishi belgilandi. Hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bu universitet bitiruvchilari uchun kasbiy faoliyatni bevosita soha ekspertlaridan o‘rganish va mustahkam huquqiy asosda boshlash imkonini ta’minlaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fJXefyiKWQs" title="Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, N.Abduvoitov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA