Tajriba va mahorat ko‘rigi
Poytaxtimizda sharq yakkakurashlari va jang san’atlari ustalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda sharq yakkakurashlari va jang san’atlari ustalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan turnirda yakkakurash sport turlari federatsiyalari murabbiy va sportchilari o‘zbek jang san’ati, an’anaviy karate, taekvondo (WTF), taekvondo (ITF), qo‘l jangi, fudokan karate-do hamda ushu bo‘yicha o‘z tajriba va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Sherpo‘lat Usmonov, Jasur Ahmadjonov, Kim Karina, Go‘zal Rahimova, Luiza Sagitova, taekvondo (WTF) bo‘yicha Yevgeniy Kan, Mashrab Bozorbekov, taekvondo (ITF) bahslarida Mehrinoz Najmiddinova, an’anaviy karate bo‘yicha Hasan Tursunqulov, fudokan karate-do musobaqalarida Rustam Fayzullayev, ushu ustalari kurashida Aida Lemetova hamda Tohir Ergashev g‘oliblar qatoridan joy oldi.
– Yakkakurash sport turlari insonni ham ruhan, ham jismonan chiniqtiradi, – deydi Sh.Usmonov. – O‘zbek jang san’ati bilan olti yildan beri shug‘ullanaman. Mazkur sport turi hayotimning ajralmas qismiga aylangan. Bu kabi musobaqalar mahoratimizni yanada oshirishga yordam beradi.