Suv polosi: Namangan va “Uzbekistan Aquatics” jamoalari chempionatda yetakchi
Poytaxtimizdagi Respublika oliy sport mahorati maktabi suv havzasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bahslarda 6 ta erkaklar, 6 ta ayollar jamoalari kuch sinashmoqda.

Kecha tashkil etilgan mamlakat chempionatining 1-turida quyidagi natijalar qayd etildi:
Erkaklar musobaqasi:
Namangan – Toshkent – 21:10
Sirdaryo – Jizzax - 14:2
ROSMM– “Uzbekistan Aquatics” – 14:6
Namangan – Jizzax -21:4
Toshkent v.– “Uzbekistan Aquatics”-11:9
Sirdaryo –Toshkent sh.- 5:20
Jizzax – “Uzbekistan Aquatics”-2:13
Namangan – Toshkent sh.-13:9
Toshkent v. – ROSMM-12:9
Ayollar musobaqasi:
Xorazm – ROSMM-6:16
Toshkent v.– “Uzbekistan Aquatics”-0:14
ROSMM – “Uzbekistan Aquatics”- 9:10
Xorazm – Namangan - 5:12
Ortda qolgan uchrashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Namangan viloyati mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bo‘lsa, ayollar jamoalari o‘rtasida “Uzbekistan Aquatics” jamoasi ochko yo‘qotmasdan bahslarni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston chempionatining 1-tur so‘nggi kun o‘yinlari ertaga, 22-fevral kuni o‘tkaziladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA