Suv hisobini aniq yuritiş: Xitoy tajribasi örganilmoqda
Suv resurslaridan oqilona foydalaniş, uning sarfini aniq hisobga oliş va taʼminot tizimida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş bugungi kunning muhim vazifalaridan. Bu borada aqlli suv hisoblagiçlari nafaqat isteʼmol hajmini nazorat qiliş, balki sohadagi boşqaruv samaradorligini oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni yönalişdagi ilğor işlanmalar va işlab çiqariş tajribasini örganiş maqsadida “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov boşçiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bölib turibdi.
Safar doirasida delegatsiya aʼzolari “Sanchuan Smart Technologies” kompaniyasining markaziy zavodida böldi. Taʼkidlaş joizki, mazkur kompaniya bilan hamkorlikda Andijon viloyatida zamonaviy suv hisoblagiçlari işlab çiqariş zavodi taşkil etilgan. Bu esa Xitoydagi işlab çiqariş tajribasini örganişni nafaqat nazariy, balki mahalliy sanoat salohiyatini rivojlantiriş nuqtai nazaridan ham ahamiyatli qiladi.

Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari aqlli suv hisoblagiçlarini işlab çiqariş jarayonlari, zamonaviy texnologik yeçimlar va tayyor mahsulotlar bilan tanişdi. Şuningdek, qurilmalarning texnik körsatkiçlari hamda sifatini baholaşga ixtisoslaşgan laboratoriyalar faoliyati örganilib, ularning imkoniyatlari közdan keçirildi.
Delegatsiya kompaniya tasarrufidagi suv taʼminoti korxonasi faoliyati bilan ham tanişdi. U yerdagi iş jarayonlari, xizmat körsatiş amaliyoti va sohani taşkil etiş tajribasi örganildi.

Bunday taşriflarning ahamiyati şundaki, suv hisoblagiçlarini işlab çiqariş texnologiyalarini özlaştiriş bilan birga, ulardan foydalaniş, texnik xizmat körsatiş va suv taʼminoti korxonalari faoliyatiga tatbiq etiş tajribasi ham muhimdir. Zero, aniq hisob-kitob suv yöqotişlarini kamaytiriş, isteʼmol madaniyatini oşiriş va tizimda şaffoflikni taʼminlaşning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda delegatsiyaning Xitoydagi xizmat safari davom etmoqda. Uning keyingi bosqiçlarida ham suv taʼminoti sohasidagi ilğor texnologiyalar, işlab çiqariş yeçimlari va özaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini örganişga alohida eʼtibor qaratilişi kutilmoqda.
Nilufar Bozorova, ÖzA