Superliga 7-tur yakunlari (+video)
O‘zbekiston Superligasida 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turning ilk kuniyoq shovqinlarga boy bo‘ldi.
O‘z maydonida OKMKni qabul qilgan "Andijon" yana mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 29-daqiqasidayoq Nodirbek Abdurazzoqov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib, Urosh Koyish oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Faqatgina o‘yin yakunlanishi arafasida Ibrohim Yo‘ldoshev farqni bittagacha qisqartirdi. Shu tariqa, "Andijon" 7 turning 5 tasida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natijadan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan iste’foga chiqarildi.
Vodiyning boshqa bir jamoasi "Navbahor" bu turda "Surxon" bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuv taqdirini namanganliklarning legionerlari hal qildi, desak adashmagan bo‘lamiz. Bellashuvning 26-daqiqasida Aleks Fernandes o‘yinda hisobni ochdi. 78-daqiqada esa jamoaning boshqa bir legioneri Vanya Ilich oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Superliga 7-tur o‘yinlarining to‘liq sharhini “You Tube” sahifamizga joylangan video orqali ko‘rishingiz mumkin:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5qpssaU4ljs" title="Superliga 7-tur sharhi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>