Sport xabarlari
O‘zbekiston Pro-ligasining oltinchi turi uchrashuvlari o‘tkazildi.
FUTBOL. O‘zbekiston Pro-ligasining oltinchi turi uchrashuvlari o‘tkazildi.Musobaqaning“A” guruhidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Mash’al” uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Surxon” o‘z maydonida “Dinamo”dan 2:1 hisobida ustun keldi. “Sho‘rtan” – “Norin”, va “Orol” – “Andijon” uchrashuvlari bir xil 1:2 hisobida yakunlandi.
“V” guruhida “Iftixor” – “Lokomotiv-BFK”ni, “Zomin” – “G‘ijduvon”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, “Sherdor” o‘z maydonida “Xotira-79”ni 3:1 hisobida yengdi. “Nurafshon” esa “Yozyovon”dan 2:0 hisobida ustun keldi.
***
BOKS. Professional boksda o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan Bahodir Jalolov joriy yilning 5-may kuni AQSHdagi “Foxwoods Resort Casino” arenasida o‘zining ilk jangini o‘tkazadi. Unda bokschimizga meksikalik Ugo Truxilo qarshilik ko‘rsatadi.
Shuningdek, yana bir bokschimiz Xurshidbek Normatov shu kuni kolumbiyalik Ronald Montesga qarshi ringga ko‘tariladi.
***
STOL TЕNNISI. Shvetsiyaning Xalmstad shahrida o‘tkazilayotgan stol tennisi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Chempionatda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Fransiya, Meksika, Xorvatiya, Kolumbiya, Gretsiya, Belgiya, Argentina, Turkiya, Ispaniya, Eron kabi nomdor terma jamoalar bilan ikkinchi diviziondan joy oldi.
Tennischilarimiz ilk uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasini 3:1 hisobda yengdi. Ikkinchi uchrashuvda vakillarimiz fransuz qizlariga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, meksikaliklarni yirik hisobda mag‘lub qildi.
***
Ginmastika. Malayziyada o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida bulavada mashq bajarishda Sabina Toshkenboyeva oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nurinisso Usmonova halqa bilan mashq bajarishda Osiyo chempioniga aylandi. U bulavada kumush, to‘p bilan mashqlarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.