Sport xabarlari
Turkiyada davom etayotgan “Ankara Cup” xalqaro turnirining yakkaliklar o‘rtasidagi chorak final bahsida hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova belgiyalik Isalin Bonaventyureni 6:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Tennischimiz yarim finalda ukrainalik Yuliya Beygelzimerga qarshi kortga chiqadi.
Tennis. Turkiyada davom etayotgan “Ankara Cup” xalqaro turnirining yakkaliklar o‘rtasidagi chorak final bahsida hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova belgiyalik Isalin Bonaventyureni 6:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Tennischimiz yarim finalda ukrainalik Yuliya Beygelzimerga qarshi kortga chiqadi.* * *
Boks. Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 100 nafar bokschi g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqaning vazni 56 va 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida sportchilarimizdan Muhsitbek Qoraboyev va Muzaffar Rashidov barcha raqibini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. O‘z vazn toifasida Shohrux Vahobov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Doniyor Orziqulov, Madiyor Saidrahimov, Shohruh Rustamov va Sanjar Tursunov bronza medal bilan taqdirlandi.
* * *
Dzyudo. Gonkongda yoshlar va kadetlar o‘rtasidagi VIII Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 2 oltin, 4 tadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi. 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Muhammad Xurramov, 90 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvida O‘rol Husanov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Kadetlar o‘rtasida Xurshid Qodirov va Mahliyo Mannonova kumush, Davlat Bobonov va Nodira Yo‘ldosheva bronza medal sohibi bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Rahimjon Subhonov va Sharofiddin Boltaboyev kumush, G‘afur Aktamov va Kumush Yo‘ldosheva esa bronza medalga loyiq topildi.