Sirdaryoda pilla hosilini yig‘ish boshlandi
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida pilla xirmonlari ko‘kka ko‘tarilmoqda. Pillakorlar uchun mashaqqatli mehnatlarning rohatini ko‘radigan payt keldi.
Xususan, bugun Boyovut tumanida pilla hosilini qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Baxromjon Sharipov, tuman sektorlar rahbarlari, soha mas’ullari hamda kasanachilar ishtirok etdi. Viloyatda 1-2 mavsumda 12 ming 256 quti ipak qurti parvarishlanib, 711 tonna hosil yetishtirish rejalashtirilgan.
Tadbirda so‘z olganlar zahmatkash pillakorlarni mavsum bilan tabriklab, kelgusidagi rejalar, sohadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, kasanachilar tomonidan yetishtirilgan pillalar taroziga tortildi hamda shu joyning o‘zida ularning mehnat haqlari to‘lab berildi va ilg‘or pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-11857]
Sh. Suyarov, Sh. Ortiqboyev, O‘zA