Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor davlat tashrifi bilan KXDRga bordi
KXDR Davlat ishlari bo‘yicha komissiyasi raisi Kim Chen In Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida Si Szinpinni kutib olish marosimini o‘tkazdi, deb xabar bergan “Sinxua” agentligi.
Keyin rahbarlar o‘zaro muzokara olib borib, ikki qo‘shni davlat ko‘p yillik do‘stligiga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladi va hozirgi munosabatni yanada yaxshilashga va’da berishdi.

Si Szinpin xalqaro va mintaqaviy faoliyatda strategik hamkorlikni kuchaytirish, ikki mamlakatning umumiy manfaatini himoya qilish zarurligini ta’kidladi.
Kim Chen In ham Shimoliy Koreya ikki partiya va ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha darajadagi almashinuvni mustahkamlash, shuningdek partiya qurilishi va iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarda tajriba almashish uchun Xitoy bilan ishlashga tayyorligini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya yangi natijalarga erishish uchun Xitoy bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor.
G.Sattorova, O‘zA