Shotlandiya hukumatining yangi rahbari ish boshladi
Shotlandiya parlamentida ovoz berish natijasida Bosh vazir etib saylangan Milliy partiya yetakchisi Hamza Yusuf rasman o‘z lavozimiga kirishdi. Uning nomzodini aksariyat deputatlar qo‘llab-quvvatladi.
Qasamyod marosimi Edinburgdagi Oliy sud binosida bo‘lib o‘tdi. Yusuf bosh qozi va katta qozilar huzurida o‘z idorasiga, podshohga sodiqlik uchun qasamyod qildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Pokistonda tug‘ilgan 37 yoshli Hamza Yusuf Shotlandiyada shunday yuqori lavozimni egallagan ilk musulmondir. U bugun Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qiladi.
15 fevral kuni sakkiz yil davomida Shotlandiyaning birinchi vaziri lavozimida ishlagan Nikola Sturgeon iste’foga chiqishini e’lon qilgandi.
O‘zA