Shaxram G‘iyosovning raqibi va jang sanasi e’lon qilindi
Professional boksning WBA yo‘nalishida yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar sifatida e’tirof etilgan hamyurtimi Shahram G‘iyosovning keyingi jang sanasi va raqibi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, professional boksdagi faoliyati davomida g‘alaba qozonib kelayotgan G‘iyosov joriy yil 2-may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”sida meksikalik Raul Kuriel bilan to‘qnash keladi.
Ahamiyatlisi, jang yarim o‘rta vazn toifasidagi WBA Regular kamari uchun o‘tkaziladi.
Mazkur boks oqshomining asosiy jangi amerikalik David Benavides va meksikalik Xilberto Ramires o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov ham, Raul Kuriel ham professional boksdagi faoliyati davomida bugungacha 17 tadan jang o‘tkazib, barchasida muvaffaqiyatga erishgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA