Sergey Rostovsev Slovakiyada 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sergey Rostovsev Slovakiyada o‘tkazilgan «GP Slovak Cycling Federation» xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
«Scratch» poygasida Sergey Rostovsev 75 ochko jamg‘arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni turkiyalik Ramazan Yilmaz hamda Mustafa Tarakchilar egalladi.

Hamyurtimiz «Elimination» dasturida ham sovrindorlar safidan joy oldi. U 68 ochko bilan finishga yetib kelib, ikkinchi o‘rinni qayd etdi. Bu bahsda birinchi o‘rin polyak sportchisi Daniel Stanishevskiyga nasib etgan bo‘lsa, avstriyalik Rafael Kokas kuchli uchlikni yakunladi. Velosportchimiz chiqib ketish poygasida ham munosib natija qayd etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Sergey Rostovsev «GP Slovak Cycling Federation» turnirida bir yo‘la uchta medalga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qildi
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA